Viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimovning Boysun tumanida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishuvi “Home master” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan gipsokarton ishlab chiqarish loyihasida davom etdi.
Joriy yil yakuniga qadar toʼliq ishga tushirishi rejalashtirilgan ishlab chiqarish loyihasining yillik quvvati 15 mln metr kvadratni yoki 15 mln dollarni tashkil etadi va 150 ta ish oʼrinlari yaratiladi.
Viloyat rahbari qurilish-taʼmirlash ishlarini koʼzdan kechirib, masʼullarga 2 oy muddatda loyihaning birinchi bosqichi doirasida 23 turdagi gips qorishmali mahsulotlar, 14 turdagi profillar ishlab chiqarish liniyalarini oʼrnatish va ishga tushirish, import oʼrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʼlga qoʼyish boʼyicha qator vazifalarni belgilab berdi.
Shuningdek, korxona aylanma mablagʼi uchun zarur boʼlgan summa bank tomonidan ajratib beriladigan boʼldi.