Sherobod va Muzrabot tumanlarida qishloq xoʼjaligi masalalari muhokama qilindi

Hozirgi issiq kunlarda paxta dalalarida agrotexnik tadbirlarning toʼgʼri yoʼlga qoʼyilishi hosildorlikni saqlab qolish, toʼgʼri parvarishni amalga oshirish hosilga hosil qoʼshilishiga xizmat qiladi. Shu sababli bu sohadagi ishlar kechiktirib boʼlmas tadbirlar sirasiga kiradi.

Bugun viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov Sherobod va Muzrabot tumanlarida boʼlib, paxta dalalarida olib borilayotgan ishlar yuzasidan viloyat Ishchi guruhlari tomonidan oʼtkazilgan oʼrganish ishlari natijalarini muhokama qildi.

Oʼrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar, oʼz muddatida amalga oshirilmagan tadbirlar yuzasidan masʼullarning axborotlari tinglandi. Hozirgi chilla issigʼida hosilni saqlab qolish, uni koʼpaytirish maqsadida agrotexnik tadbirlar, jumladan, chilpish ishlarini toʼliq yakunlash, oʼgʼitlash, sugʼorish, sharbat suvlari berish kabi tadbirlarni izchil, muddatida va sifatli amalga oshirish boʼyicha vazifalar belgilab berildi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati