Qiziriq tumanidagi 1-bogʼcha taʼmirlanadi
Viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov Qiziriq tumaniga tashrifining keyingi manzilida 1-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyati bilan tanishdi. Taʼlim tashkilotida bolalarning taʼlim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar, hududdagi obodonlashtirish ishlari koʼzdan kechirildi.
Tuman mutasaddilariga bogʼchadagi sharoitlarni yaxshilash uchun joriy taʼmirlash ishlarini olib borish boʼyicha koʼrsatmalar berildi va bogʼcha binosini kapital taʼmirlash taklifini 2024-2025 yilgi davlat dasturiga kiritish vazifasi yuklandi.
Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati