Yoshlar va voyaga yetmaganlar oʼrtasida jinoyatchilikning oldini olish masalalari muhokama qilindi

Viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov rahbarligida Qiziriq tumani 12-sonli umumtaʼlim maktabida yoshlar va voyaga yetmaganlar oʼrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasi, maktablarni yangi oʼquv yiliga tayyorlash masalalari muhokama qilindi. Unda “Zoom” platformasi orqali shahar va tumanlar studiyalaridan hokimlar, aloqador masʼullar ishtirok etishdi.

Viloyatda joriy yil birinchi yarim yilligi davomida yoshlar va voyaga yetmaganlar oʼrtasida sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklar hududlar kesimida tahlil qilindi. Аyrim masʼullarning oʼz vazifasiga nisbatan sovuqqonligi, voyaga yetmaganlarni taʼlimga toʼliq jalb etilmasligi oqibatida, yoshlar va voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyatlar sodir etilgan.

Holatlar tanqidiy-tahlil qilinib, bu borada masʼuliyatsizlikka yoʼl qoʼygan rahbarlarga nisbatan tegishli choralar koʼrish boʼyicha koʼrsatmalar berildi. Shuningdek, umumtaʼlim maktablarini yangi oʼquv yiliga tayyorlash, zarur sharoitlar bilan taminlash boʼyicha hudud rahbarlariga qator vazifalar topshirildi.

Muhokamadan keyin viloyat rahbari 12-sonli maktabdagi sharoitlar bilan tanishib, oʼquv binosini joriy taʼmirlash boʼyicha tuman mutasaddilariga topshiriq berdi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati