Viloyat hokimining salohiyatli investorlar bilan uchrashuvi boʼlib oʼtdi

Viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov Surxondaryoning logistika va chegara oldi savdo hududlari, jumladan, “Termiz xalqaro savdo markazi” hamda xalqaro logistika markazi imkoniyatlaridan samarali foydalanish, investitsiyalarni jalb qilish, eksport hajmlarini oshirish masalalarida salohiyatli investorlar bilan uchrashuv oʼtkazdi.

“Termiz xalqaro savdo” markazida oʼtkazilgan uchrashuvda mavjud imkoniyatlarni ishga solgan holda investor va eksportyorlarga zarur sharoitlar yaratish, muammolar va ularni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvdan keyin xalqaro logistika markazi bilan tanishilib, bu yerdagi imkoniyatlardan investor va eksportyorlarning toʼlaqonli foydalanishlari va ularning faoliyat yuritishlari uchun sharoitlar yaratish boʼyicha chora-tadbirlar belgilandi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati