Mustaqillik bayrami tadbiriga tayyorgarlik ishlari bilan tanishildi

Bugun viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov Termiz shahri “Sanʼat saroyi” hududidagi ochiq amfiteatr maydonida Oʼzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʼttiz ikki yilligi bayram tadbirlarini oʼtkazishga tayyorgarlik koʼrish, hududni obodonlashtirish, koʼkalamzorlashtirish ishlari hamda sahna dekoratsiyalarining taklif loyihalari bilan tanishdi.

Har bir yoʼnalish boʼyicha baram tadbirlariga tayyorgarlik ishlarini puxta amalga oshirish boʼyicha masʼullarga vazifalar belgilab berildi.

Shundan soʼng madaniyat xodimlari ishtirokida bayram tadbiri dasturi muhokama qilindi. Soha masʼullari va bayram rejissyoriga dasturni ishlab chiqish boʼyicha qator taklif va tavsiyalar berildi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati