Qurilish loyihalarini nazorat qiluvchi situatsion markaz tashkil etiladi

Surxondaryoda aholi va ijtimoiy soha obʼektlari infratuzilmalarini yaxshilash boʼyicha davlat dasturlarida belgilangan loyihalarning ijrosi muhokama qilindi. Termiz tumani “Otchopar” majmuasi, “Yangi Oʼzbekiston” massivi bunyod etilayotgan hududda viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov rahbarligida oʼtkazilgan muhokamada qurilish sohasiga masʼul tashkilot, boshqarma va korxonalar rahbarlari, quruvchilar ishtirok etishdi.

Viloyatda qurilish sohasidagi dasturlar ijrosida yoʼl qoʼyilgan kamchiliklar, belgilangan muddatda foydalanishga topshirilmagan loyihalar manzilli muhokama qilinib, loyiha ijrochilari va masʼullarning hisobotlari tinglandi.

Mutasaddilarga dasturlar asosida olib borilayotgan qurilish loyihalarini doimiy nazorat qilib borish, ishlar sifatini doimiy oʼrganish hamda loyihalarni muddatida foydalanishga topshirilishini taʼminlash maqsadida situatsion markaz tashkil etish, markaz orqali qurilish loyihalarini real vaqt rejimida masofadan nazorat qilib borishni yoʼlga qoʼyish topshirigʼi berildi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati