Termiz shahrida yoshlar sanoati va tadbirkorlik zonasi qurilishiga start berildi

Viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov ayni kunlarda Surxondaryoda boʼlib turgan Oʼzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Аbdurahmonov bilan Termiz shahri “Tinchlik” mahallasida loyiha qiymati 21 mlrd soʼm boʼlgan, Bilim va malakalarni baholash agentligining Surxondaryo viloyati filiali uchun qurilayotgan 1 000 oʼrinli yangi bino qurilish jarayonlari bilan tanishishdi.

Viloyat hokimi va vazir qurilish ishlarining borishi va kelgusida binoni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash boʼyicha oʼzaro fikr almashishdi.

Shundan soʼng, ushbu mahalla hududida 3 gektar maydonda tashkil etilishi rejalashtirilayotgan Yoshlar sanoati va tadbirkorlik zonasi qurilishiga start berildi. Zona tashkil etilishi belgilangan 3 gektar maydon 14 ta lotga boʼlingan boʼlib, hozirda lotlarni auktsion savdolariga chiqarilgan. Yoshlar sanoati va tadbirkorlik zonasida umumiy qiymati 63,1 mlrd soʼmlik, ishlab chiqarish quvvati 54,2 mlrd soʼmlik loyihalar amalga oshirilishi va 140 ta yangi ish oʼrinlarini yaratish belgilangan.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati