Bandixon tumanida ikkita yirik loyiha amalga oshirilmoqda
“Bandixon agroklaster” MChJ tomonidan paxta va sunʼiy toladan ip-kalava ishlab chiqarish hamda tikuvchilikni tashkil etish loyihasi amalga oshirilmoqda. Umumiy qiymati qariyb 189 mlrd soʼm boʼlgan loyiha doirasida yiliga 4 ming tonna ip kalava ishlab chiqariladi va 600 ta ish oʼrni yaratiladi.
Bugun viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov Bandixon tumanida boʼlib, mazkur loyihalar qurilishi bilan tanishdi. Hududdagi 4 ta mahallaning ishsiz, “daftarlar”da turgan fuqarolari bandligini taʼminlovchi hamda yillik eksport hajmini 5 mln oshiruvchi loyihalarni belgilangan muddatda ishga tushirish boʼyicha vazifalar belgilab berildi.
Xayrli ishlar rivoji uchun jonliq soʼyilib, ehson qilindi.