Bandixon tumanida paxta hosilini yigʼib olish mavsumi oldidan seminar oʼtkazildi
Viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov Bandixon tumanida paxta hosilini yigʼib olish mavsumiga tayyorgarlik boʼyicha tashkil etilgan seminarda ishtirok etdi.
Tumanda 3 692 gektar maydondagi paxta hosilini nes-nobud qilmasdan yigʼishtirib olish maqsadida 79 ta otryad tashkil etilgan, 44 ta maxsus texnika va 184 ta tirkama jalb qilish rejalashtirilgan. Seminarda otryadlar, jalb qilingan texnikalarning shaylik holati, terimchilar uchun paxta maydonlarida sharoit yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Tuman hokimi olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborot berdi.
Viloyat hokimi hududlar va otryadlar rahbarlari hamda masʼullar bilan suhbatlashib, yigʼim-terim mavsumini uyushqoqlik bilan oʼtkazish, tuman rahbarlariga otryadlarga biriktirilgan rahbarlarni boshqa vazifa va yigʼilishlarga jalb qilmaslik boʼyicha topshiriqlar berdi.