Shahar boʼylab topshiriqlar ijrosi oʼrganildi
Viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov kunning ikkinchi yarmida Termiz shahridagi qator mahallalar va obʼektlarda boʼlib, dasturlar ijrosi, qurilish-taʼmirlash, obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlarining borishi bilan tanishdi.
➖ “Sanʼat saroyi” hududini koʼkalamzorlashtirish boʼyicha berilgan topshiriqlar koʼzdan kechirildi. Hududda sugʼorish tizimlarini oʼrnatish, maysazorlar tashkil etish, gul koʼchatlari ekish ishlari olib borilmoqda;
➖ “Boʼston”, “Navroʼz”, “Joʼyjangal” va “Mexrobod” mahallalarida yoʼllar qurilishi, koʼp qavatli turar joylari taʼmiri hamda yashil hududlarni tashkil etish, obodonlashtirish ishlarining borishi bilan tanishildi;
➖ “Аlpomish” sport majmuasining xalqaro kurash musobaqasiga tayyorlash boʼyicha olib borilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlari koʼzdan kechirildi;
➖ Rekonstruktsiya ishlari olib borilayotgan 16-sonli ixtisoslashtirilgan maktab binosida boʼlinib, qurilish-taʼmirlash ishlarining sifati oʼrganildi.
Viloyat rahbari mazkur manzillarda ishlarni sifatli va belgilangan muddatda bajarish boʼyicha topshiriqlar berib, masʼullarga “Sanʼat saroyi” hududini koʼrkam, mahallalarni obod, sport majmuasini va maktabni zamonaviy qiyofaga keltirish, zarur sharoitlar bilan taʼminlash vazifalarini yukladi.