Viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov Sariosiyo tumani 12-sonli maktabdagi seminardan soʼng tumandagi 1-sonli maktabda boʼlib, taʼlim maskanining sharoitlari va yangi oʼquv yiliga tayyorlash borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Tuman markazida joylashgan maktabdagi sharoitlar talab darajasida emasligi, oʼquv binosi taʼmirtalab holatda ekanligi tanqid qilinib, zudlik bilan taʼmirlash ishlarini boshlash boʼyicha tuman hokimi va mutasaddilarga topshiriq berildi.
Jumladan, maktab hovlisiga asfalt yotqizish, eshik romlarini almashtirish, ichki va tashqi fasadini boʼyash, yangi oʼquv yiliga barcha sharoitlar bilan taʼminlagan holda tayyorlash topshirildi.