Termiz shahrida qurilish-taʼmirlash ishlari koʼzdan kechirildi
Viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov Termiz shahrida olib borilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlari, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash dasturining ijrosi bilan tanishdi. Xususan, taʼlim muassasalari, shifoxona, koʼp qavatli turar joylar, yoʼllar qurilishining borishi masʼullar ishtirokida koʼzdan kechirildi.
Termiz shahri rahbarlari va qurilish sohasi masʼullariga qurilish-taʼmirlash ishlarini sifatli amalga oshirish boʼyicha qator vazifa va topshiriqlar berildi.