Meva-sabzavotlarni quritish va muzlatib saqlovchi korxona faoliyati bilan tanishildi

Termiz tumani “Yangi hayot” mahallasidagi 6 gektar maydonda 2019 yildan buyon “Gold dried fruits export” MChJ tomonidan qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, quritish va muzlatib saqlovchi, eksport qiluvchi korxona faoliyati yoʼlga qoʼyilgan.

Umumiy qiymati 25,2 mlrd soʼm boʼlgan ushbu loyiha yillik 30 ming tonna mahsulotni qayta ishlash, saqlash va eksport qilish quvvatiga ega. Yildan yilga qishloq xoʼjaligi mahsulotlariga boʼlgan talab ortib borishi natijasida korxonaga yetarli miqdorda xomashyo yetkazib berishda muammolar yuzaga kelmoqda.

Viloyat rahbari mazkur korxona imkoniyatlari, mavjud texnologiyalar bilan tanishib, xomashyo yetkazib berish uzluksizligini taʼminlash maqsadida Jarqoʼrgʼon tumanida sabzi, Qumqoʼrgʼon tumanida bulgʼor qalampirining hosildor navlarini aholi tomorqalarida yetishtirish, korxona tomonidan shartnoma asosida sotib olinishini yoʼlga qoʼyish topshirigʼi berildi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati