Termiz tumanida amalga oshirilayotgan chorvachilik loyihasi bilan tanishildi
Viloyat hokimi Termiz tumaniga tashrifining keyingi manzilida “Janub Labo Аvtotrans” MChJning loyiha qiymati 6 mlrd soʼm boʼlgan chorvachilik kompleksi bilan tanishdi.
Tumanning “Soliobod” mahallasida amalga oshirilayotgan mazkur loyiha doirasida chorvachilik kompleksi, ozuqa saqlash joylari va molxonalar qurish ishlari amalga oshirilmoqda. Biroq ozuqa yetishtirish va chorvani boqish uchun maydon ajratilmaganligi sababli loyihani davom ettirishda muammolar mavjud.
Viloyat rahbari loyiha tashabbuskorining mavjud muammolarini tinglab, masʼullarga ozuqa yetishtirish uchun yer maydoni ajratish masalasini oʼrganib chiqib, taklif kiritish boʼyicha koʼrsatmalar berdi.