Shoʼrchi tumanida paxta hosilini yigʼib olish mavsumi oldidan seminar oʼtkazildi
Viloyat hokimi Shoʼrchi tumanida paxta hosilini yigʼib olish mavsumiga tayyorgarlik boʼyicha tashkil etilgan seminarda ishtirok etdi.
Tumanda 4 900 gektar maydondagi paxta hosilini nes-nobud qilmasdan yigʼishtirib olish maqsadida 122 ta otryad tashkil etilgan, 70 ta maxsus texnika va 158 ta tirkama jalb qilinmoqda. Otryadlar, jalb qilingan texnikalarning shaylik holati, terimchilar uchun paxta maydonlarida sharoit yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi hamda bu borada amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman hokimi va sektor rahbarlari axborot berdi.
Tuman mutasaddilari, hudud va otryad rahbarlariga yigʼim-terim mavsumini uyushqoqlik bilan oʼtkazish yuzasidan vazifalar belgilab berildi.