Qumqoʼrgʼon tumanidagi 70-sonli maktabning yangi oʼquv yiliga tayyorgarligi bilan tanishildi

Viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov Qumqoʼrgʼon tumanidagi 70-sonli maktabda boʼlib, yangi oʼquv yiliga tayyorgarlik koʼrish borasida amalga oshirilgan ishlar, sinf xonalarining jihozlanishi, yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Maktabga yangi oʼquv yilidan 1-sinfga qabul qilinayotgan bolalar uchun keltirilgan “Prezident sovgʼlari” koʼzdan kechirildi.

Shu yerda tumandagi maktab direktorlari va taʼlim sohasiga masʼullar ishtirokida yangi oʼquv yiliga tayyorgarlik boʼyicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. Tuman rahbarlari va soha mutasaddilariga taʼlimga birinchi navbatdagi masala sifatida qarab, har bir maktabda tayyorgarlik ishlarini tizimli olib borish, mavjud muammolarni hal etish vazifasi topshirildi.

Oʼqituvchi va oʼquvchilarga taʼlim-tarbiya jarayonlari uchun zarur sharoitlar toʼliq yaratilishi lozimligi taʼkidlandi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati