Qumqoʼrgʼon tuman tibbiyot birlashmasiga 2,4 mlrd soʼmlik tibbiy jihozlar topshirildi
Viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov Qumqoʼrgʼon tuman tibbiyot birlashmasida boʼlib, shifoxona faoliyati, yaratilgan sharoitlar, tibbiy xizmat koʼrsatish jarayonlari bilan tanishdi va taʼmirlash ishlari olib borilayotgan binolarni koʼzdan kechirdi.
Аholiga tibbiy xizmat koʼrsatish sifatini oshirish maqsadida tumanlararo qoʼshma jarohatlar boʼlimi tashkil etish uchun kompyuter tomografiyasi (MSKT), operatsiya xonasi lampasi, 6 ta nogironlar mobil aravachasi, 6 dona bemorlar uchun moʼljallangan kreslo, 9 dona vazn oʼlchamli yotoqlar jamlanmalari boʼlgan, jami 2,4 mlrd soʼmlik tibbiy asbob-uskuna va jihozlar topshirildi.
Viloyat rahbari tibbiyot xodimlari bilan suhbatda aholiga sifatli va malakali tibbiy xizmat koʼrsatilishini taʼminlash, barcha xodimlar oʼzlariga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishlari lozimligini taʼkidladi. Tuman mutasaddilariga shifoxona hududida olib borilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlarini sifatli amalga oshirish va muddatida yakunlash vazifasi yuklandi. Shuningdek, qurilish-taʼmirlash ishlari bilan bogʼliq muammolarni hal etish boʼyicha masʼullarga topshiriqlar berildi.