Denov tumani 5-sonli maktabning yangi oʼquv yiliga shayligi oʼrganildi

Viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov Denov tumanidagi 5-sonli maktabga tashrif buyurib, yangi oʼquv yiliga tayyorgarlik ishlarining borishi bilan tanishdi, amalga oshirilgan ishlarni koʼzdan kechirdi.

Maktab hududida obodonlashtirish ishlari olib borilgan, boʼsh yer maydonlariga gullar ekilgan va parvarishi yoʼlga qoʼyilgan. Shuningdek, sinf xonalar, oʼquvchilarga kasb oʼrgatish uchun amaliyot xonalari shay holatga keltirilgan.

Viloyat rahbari maktab maʼmuriyati va masʼullari tomonidan amalga oshirilgan ishlarni eʼtirof etdi va maktab binosining fasad qismini boʼyash boʼyicha tuman masʼullariga topshiriq berdi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati