Jarqoʼrgʼon tumanida yangi bogʼcha foydalanishga topshirildi

Аyni paytda Surxondaryo viloyatida boʼlib turgan Prezident maslahatchisi Gʼofurjon Mirzaev viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov bilan Jarqoʼrgʼon tumanida boʼlishdi. Mutasaddilar dastlabki manzilda “Sag Agro Jarqo‘rg‘on” MChJ tomonidan homiylik asosida qurib bitkazilgan 50-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining yangi 60 oʼrinli binosini foydalanishga topshirish marosimida ishtirok etishdi.

Nuroniylar va mahalla faollari ishtirokida maktabgacha taʼlim tashkilotida bolalarning taʼlim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati