Termiz shahrida loyihalar ijrosi va bunyodkorlik ishlarining borishi bilan tanishildi
Viloyat hokimi Termiz shahri boʼylab qator obʼektlarda olib borilayotgan qurilish taʼmirlash, obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Аholi uchun yaratilayotgan qulayliklar, mahalla infratuzilmasini yaxshilash tadbirlarining borishi koʼzdan kechirildi.
“Sanʼat saroyi” hududini obodonlashtirish va koʼkalamzorlashtirish, maysazorlarni parvarishlar uchun sugʼorish tizimlarini oʼrnatish jarayonlari masʼullar ishtirokida koʼrib chiqildi. Shu yerning oʼzida yoʼllarni taʼmirlash va mahallalarda amalga oshirilgan ishlar taqdimoti oʼtkazildi.
Shuningdek, bogʼ qurilishi, “Nuroniylar maskani”, ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan ham tanishilib, har bir manzilda masʼullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.