Yangi tayinlov
Nomozov Sirojiddin Saydullaevich viloyat hokimligi Korruptsiyaga qarshi ichki nazorat qilish shoʼbasi mudiri lavozimiga tayinlandi.
U 1971 yilda Termiz tumanida tugʼilgan. 1995 yil Samarqand kooperativ institutini, 2000 yil Samarqand davlat universitetini tugatgan. Maʼlumoti boʼyicha mutaxassisligi – muhandis-texnolog, huquqshunos.
S.Nomozov mehnat faoliyati davomida prokuratura organlarida turli lavozimlarda, jumladan, Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshligʼi lavozimlarida mehnat qilgan.