Yangi tayinlov
Sherdanaqulov Jamoliddin Toʼlqinovich Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati Kengashi raisi lavozimiga tayinlandi.
U 1993 yilda Jarqoʼrgʼon tumanida tugʼilgan. 2014 yil Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutini tugatgan, shuningdek, 2017 yilda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruv akademiyasi tinglovchisi boʼlgan. Maʼlumoti boʼyicha mutaxassisligi – muhandis-mexanik, moliya.
J.Sherdanaqulov mehnat faoliyati davomida Jarqoʼrgʼon tumani hokimligi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi va Yoshlar ishlari agentligi viloyat boqarmasida turli lavozimlarda mehnat qilgan.
Tayinlovga qadar 2023 yildan buyon Yoshlar ishlari agentligi Denov tuman boʼlimi boshligʼi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.