Yangi tayinlov

Mamatqulov Аbdulla Аbdimoʼminovich “Surxondaryosuvqurilishinvest” davlat muassasasi direktori vazifasini bajaruvchisi lavozimiga tayinlandi.

U 1985 yilda Oltinsoy tumanida tugʼilgan. 2011 yilda Toshkent toʼqimachilik va yengil sanoat institutini tugatgan. Maʼlumoti boʼyicha mutaxassisligi – mexanik-texnolog.

А.Mamatqulov mehnat faoliyati davomida “Surxondaryo suv taʼminoti ” MChJ direktorining birinchi oʼrinbosari, “Termiz Tezkor” ixtisoslashtirilgan taʼmirlash qurilishi tashkiloti kapital qurilish boʼyicha direktor oʼrinbosari, Bandixon tumani hokimining oʼrinbosari, Obodonlashtirish boshqarmasi boshligʼi lavozimlarida mehnat qilgan.

Tayinlovga qadar 2023 yildan buyon Bandixon tumani hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʼjalik, ekologiya va koʼkalamzorlashtirish masalalari boʼyicha oʼrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati