Onlayn qabulda 210 nafar tadbirkorning muammolari tinglandi
Viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimovning joriy hafta uchun belgilangan “Tadbirkorlar qabuli” onlayn formatda oʼtkazildi.
Videokonfrentsaloqa tarzida oʼtkazilgan qabulda hududiy studiyalardan ishtirok etgan 210 nafar tadbirkorning olingan kredit muddatini uzaytirish, subsidiya ajratish, koʼrsatilgan xizmat uchun mablagʼni undirish, kommunikatsiyalar bilan taʼminlash va soliq masalalari bilan bogʼliq 251 ta murojaati tinglandi.
Koʼtarilgan masalalarning 51 tasi qabul davomida ijobiy hal etildi. 200 ta murojaat qoʼshimcha oʼrganib chiqish va hal etish choralarini koʼrish vazifasi bilan masʼullarga yoʼnaltirildi.
Eslatib oʼtamiz, “Tadbirkorlar qabuli”da ishtirok etish uchun viloyat hokimligida tashkil etilgan “Call-tsentr”ning quyidagi telefon raqamlariga va https://t.me/Tadbirkorlar_MurojaatiBot telegram botiga haftaning dushanba-juma kunlari soat 9:00 dan 18:00 gacha murojaat qilish mumkin:
(76) 223-18-32
(76) 223-18-33
(76) 223-18-34
(76) 223-18-35