Аngor tumanida baliqchilik fermer xoʼjaligi faoliyati bilan tanishildi

Bugun viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov Аngor tumanida boʼlib, qator loyihalar, ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy soha obʼektlari faoliyati bilan tanishdi. Tumanga tashrifning birinchi manzili “Bahor” mahallasi hududidagi “Favvora nur” baliqchilik fermer xoʼjaligi boʼldi.

Baliqchilik xoʼjaligida umumiy yer maydoni 31 gektar boʼlgan 6 ta sunʼiy suv havzaci tashkil etilgan boʼlib, yiliga 50 tonna baliq yetishtiriladi. Loyiha doirasida 12 ta doimiy, 10 ta mavsumiy ish oʼrinlari yaratilgan.

Viloyat rahbari fermer xoʼjaligining baliq yetishtirish jarayonlari bilan tanishib, tadbirkor bilan loyiha istiqboli va uni kengaytirish hamda rivojlantirishdagi mavjud muammolari yuzasidan suhbatlashdi. Tadbirkorga zarur tavsiyalar berildi. Masʼullarga tadbirkorning muammolarini hal qilish topshirildi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati