Аngor tumanida 17 mln yevrolik charmdan tayyor mahsulot ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda
Аngor tumanida “Top Qualty Brand” MChJ tomonidan yiliga 120 mln kvadrat metr yoki 220 ming juft poyabzal ishlab chiqarish quvvatiga ega charmdan tayyor mahsulot ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda.
Loyiha toʼliq quvvatda ishga tushirilgach 300 ta ish oʼrni yaratilishi belgilangan boʼlib, hozirda Italiya va Turkiya davlatlaridan keltirilgan ishlab chiqarish dastgohlarini oʼrnatish ishlari olib borilmoqda. Korxonaning ishga tushirilishi ichki bozorni sifatli poyabzal va charm attorlik mahsulotlari bilan taʼminlash imkonini beradi. Yillik eksport hajmi 5 mln dollarga yetkazilib, byudjetga tushum 5 mlrd soʼmga ortadi.
Viloyat hokimi mazkur loyiha doirasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Tadbirkor bilan suhbatda, loyihani belgilangan muddatda amalga oshirish, ish oʼrinlarini toʼliq yaratish boʼyicha tavsiyalar berildi.