Аngor tumanida 1,2 mlrd soʼmga taʼmirlangan oilaviy poliklinika foydalanishga topshirildi

Аngor tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 2-sonli oilaviy poliklinikasi “Tashabbusli byudjet” loyihasining 2022 yil 2-mavsumida loyiha qiymati 1,2 mlrd soʼm mukammal taʼmirlash taklifi bilan gʼolib boʼlib, rekonstruktsiya ishlari olib borildi. Hududdagi 2 ta mahallaning 7,5 mingdan ortiq aholisiga xizmat koʼrsatuvchi ushbu poliklinikaning taʼmirdan chiqarilgan yangi binosi bugun foydalanishga topshirildi.

Tadbirda viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov, mahalla nuroniylari, tibbiyot xodimlari ishtirok etishdi. Yangilangan binoda faoliyat boshlagan oilaviy poliklinikada yaratilgan sharoitlar, “Elektron poliklinika” tizimini joriy etish boʼyicha olib borilgan ishlar bilan tanishildi.

Tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash, malakali kadrlar bilan taʼminlash boʼyicha koʼrsatmalar berildi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati