Jarqoʼrgʼon tumanida baliqchilikni rivojlantirish loyihalari ijrosi muhokama qilindi
Jarqoʼrgʼon tumanida baliqchilikni rivojlantirish, yangi ish oʼrinlari yaratish maqsadida umumiy qiymati 19,3 mlrd soʼm boʼlgan jami 9 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Natijada joriy yilning oʼzida 360 gektar tabiiy va sunʼiy suv havzalari tashkil etish, qoʼshimcha 1,1 ming tonna baliq yetishtirish, 60 ta yangi ish oʼrinlari yaratish maqsad qilingan.
Bugun viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov Jarqoʼrgʼon tumani “Jayraxona” hududidagi koʼp tarmoqli “Аkmal” fermer xoʼjaligining 4 gektar maydonda tashkil etilayotgan baliqchilik loyihasi bilan tanishdi. Shu yerning oʼzida tumanda baliqchilik loyihalarining amalga oshirilishi ahvoli, ulardagi mavjud muammolar masʼullar va tadbirkorlar ishirokida muhokama qilindi.
Har bir loyihani amalga oshirilishi bilan bogʼliq muammolarni puxta oʼrganib chiqish, hal etish, loyihalarning belgilangan muddatda, toʼliq quvvatda ishga tushirilishini doimiy monitoring qilib borish boʼyicha chora-tadbirlar belgilab berildi.