Аngorda quruvchilar bilan uchrashuv oʼtkazildi

Viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov Аngor tumani “Sharq guli” mahallasida bunyod etilayotgan “Yangi Oʼzbekiston” massivida boʼlib, qurilish-taʼmirlash ishlari bilan tanishdi va quruvchilar bilan uchrashuv oʼtkazdi.

Uchrashuvda koʼrkam va zamonaviy binolarni bunyod etayotgan usta binokorlarning fidokorona xizmatlari eʼtirof etilib, ularga sovgʼalar topshirildi. Viloyat rahbari qurilish sohasi masʼullariga massivdagi turar-joylar qurilishini sifatli amalga oshirish, ishlarni qisqa muddatlarda yakunlab, xonadonlarni oʼz egalariga topshirish boʼyicha koʼrsatmalar berdi.

Аngor tumani “Sharq guli” mahallasida qurilayotgan “Yangi Oʼzbekiston” massivida hozirga qadar 9 ta turar-joy foydalanishga topshirilgan. Shuningdek, 4 tasida ichki pardozlash, 4 tasida tashqi fasad qismini boʼyash ishlari olib borilmoqda. Hududda yana qoʼshimcha 6 ta turar joylar qurilishi loyihalashtirilgan boʼlib, yer ishlari boshlangan.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati