Yoshlar murojaati ijrosi: Elektroskuter soʼragan yoshning murojaati hal etildi
Joriy yil 9 avgust kuni Termiz tumanidagi “Marvarid” dam olish maskanida viloyat hokimining yoshlar bilan oʼtkazgan uchrashuvida kelib tushgan murojaatlarni hal etish boʼyicha masʼullarga aniq muddatlar bilan vazifalar yuklatilgan edi.
Jumladan, viloyat hokimidan Termiz tumani “Аt-Termiziy” mahallasida yashovchi, para suzish boʼyicha mamlakat chempioni, Oʼzbekiston terma jamoasi aʼzosi Samandar Xudoynazarov mashgʼulotlarga kelib-ketishda foydalanish uchun elektroskuter olishda amaliy yordam soʼragan.
Uning murojaati shu kunning oʼzida hal etilib, elektroskuter yetkazib berildi.