Infografika: Mahalliy budjetdan 429 ta maktabni joriy ta’mirlash uchun 11 mlrd 195 mln so‘m ajrtildi
Surxondaryo viloyatidagi 935 ta umumta’lim maktablarining 429 tasini joriy ta’mirlash va yangi o‘quv yiliga tayyorlash uchun viloyat mahalliy budjetidan 11 mlrd 195 mln so‘m mablag‘ ajratilib, ta’mirlandi.
Jumladan, ajratilgan mablag‘lar hududlar kesimida quyidagicha taqsimlandi:
- Termiz shahri – 3 maktab uchun 909 mln so‘m;
- Angor tumani – 3 maktab uchun 134 mln so‘m;
- Boysun tumani – 25 maktab uchun 125 mln so‘m;
- Denov tumani – 54 maktab uchun 2 mlrd 346 mln so‘m;
- Jarqo‘rg‘on tumani – 16 maktab uchun 696 mln so‘m;
- Muzrabot tumani – 32 maktab uchun 585 mln so‘m;
- Oltinsoy tumani – 45 maktab uchun 1 mlrd 59 mln so‘m;
- Sariosiyo tumani – 51 maktab uchun 407 mln so‘m;
- Uzun tumani – 30 maktab uchun 158 mln so‘m;
- Termiz tumani – 5 maktab uchun 310 mln so‘m;
- Sherobod tumani – 46 maktab uchun 1 mlrd 39 mln so‘m;
- Sho‘rchi tumani – 28 maktab uchun 913 mln so‘m;
- Qiziriq tumani – 42 maktab uchun 674 mln so‘m;
- Bandixon tumani – 18 maktab uchun 439 mln so‘m;
- Qumqo‘rg‘on tumani – 31 maktab uchun 1 mlrd 398 mln so‘m.
! Mablag‘lar hududlarda ta’mirlanadigan maktablarning holatidan kelib chiqib taqsimot qilingan.
Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati