Maktablardagi sinfxonalarning dars jarayonlariga shaylik holati

Surxondaryo viloyatida maktablarni yangi o‘quv yiliga tayyorlash, sinfxonalar, chet tili xonalari, amaliyot mashg‘ulotlari ustaxonalarini to‘liq jihozlar va mashg‘ulotlar uchun shay holatga keltirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi.

Xususan, hozirda viloyatda mavjud 935 ta umumta’lim maktablarining 839 tasi yangi o‘quv yiliga to‘liq tayyor holatda bo‘lib, qolgan 96 tasida qurilish-ta’mirlash ishlari yakunlanmoqda.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati