Surxondaryoda paxta yigʼim-terimi mavsumiga start berildi

Vohalik mirishkor bobo dehqonlar, klaster va fermer xoʼjaliklari tomonidan yetishtirilgan paxta hosili pishib yetilib, yigʼim-terimni boshlash uchun tayyor holga keldi. Bugun vohada milliy boyligimiz boʼlgan paxtani yigʼib-terib olish mavsumiga start berildi.

Viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov Qiziriq tumani “Istara” hududidagi “Chori Аmirov” oilaviy pudrati paxta dalasida boʼlib, nuroniylar, qishloq xoʼjaligi faxriylari, soha mutasaddilari hamda tuman rahbarlari ishtirokida yigʼim-terim mavsumini boshlab berdi.

Qiziriq tumanida joriy yil hosili uchun 7 684 gektar maydonda gʼoʼza yetishtirilgan boʼlib, tuman mirishkorlari davlatga 26 663 tonna paxta sotishni reja qilishgan.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati