“Termiz” kanali oʼzani qurilishi bilan tanishildi
Xabar berilganidek, oʼtgan haftada Termiz shahrining “Mehridaryo”, ”Beruniy” va “Ibn Sino” koʼchalari boʼylab oʼtuvchi “Termiz” kanalining qurilish ishlari bilan tanishilib, loyiha doirasidagi mavjud muammolarni bartaraf etish, ishlarni jadallashtirish topshirigʼi berilgan edi.
Bugun viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov mazkur topshiriqlar ijrosini oʼrgandi. Hududda boʼlib qurilish ishlarining borishi bilan tanishdi. Loyihaning muhimligi, Termiz shahrida iqlim moʼtadilligi va yashil maydonlarni sugʼorishdagi oʼrnini inobatga olib, qurilish-taʼmirlash ishlarini sifatli amalga oshirish boʼyicha koʼrsatmalar berildi. Qurilish ishlarida jonbozlik koʼrsatayotgan quruvchi-texniklarga sovgʼalar topshirildi.
Shuningdek, shu yerning oʼzida Termiz shahri va Termiz tumanida oqova suv taʼminotini yaxshilash loyihalari taqdimoti bilan tanishilib, tegishli tavsiyalar berildi.