Jarqoʼrgʼon tumanining ikki mahallasida topshiriqlar ijrosi oʼrganildi

Jarqoʼrgʼon tumaniga avvalgi tashriflarda “Yangiobod” va “Surxon sohili” mahallalarida infratuzilmani yaxshilash, koʼp qavatli turar joylarni taʼmirlash, bolalar maydonchalari va yoʼlaklar qurish va obodonlashtirish ishlarini olib borish boʼyicha vazifalarni belgilab berilgan edi.

Bugun viloyat hokimi ushbu mahallalarda boʼlib, topshiriqqa asosan qilingan ishlar va amalga oshirilayotgan tadbirlar bilan tanishdi. Mazkur ikki mahallada jami 48 ta koʼp qavatli turar joylarning fasad qismini taʼmirlash, 54 ta asosiy kirish yoʼlaklariga kodli temir eshiklar oʼrnatish, 6 ta bolalar maydonchasi qurish, 1 270 pagona metr irrigatsiya tarmoqlarini taʼmirlash, 1 825 metr kvadrat yoʼlaklarni betonlash va boshqa tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Viloyat rahbari olib borilayotgan ishlarni koʼzdan kechirib, ishlarni tizimli tashkil etish, tadbirlarni bosqichma-bosqich olib borish, qurilish-taʼmirlash va obodonlashtirish ishlarini sifatli amalga oshirish topshirigʼini berdi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati