Termizda harbiylarga 100 ta yangi xonadon kalitlari topshirildi
Harbiy xizmatchilarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish boʼyicha belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʼzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʼttiz ikki yillik bayrami arafasida Termiz shahrida harbiylar uchun yangi xonadonlar foydalanishga topshirildi.
Tadbirda viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov ishtirok etib, yigʼilganlarni Vatanimiz mustaqilligining oʼttiz ikki yilligi bilan muborakbod etdi hamda harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolariga yangi xonadon kalitlarini tantanali topshirdi. Tadbirda ofitserlar, serjantlar, Mudofaa vazirligi harbiy pensionerlari, nuroniylar, harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari ishtirok etishdi.
Viloyat rahbari tadbir soʼngida nuroniylar va mutasaddilar bilan harbiylarga topshirilgan yangi xonadonlarda mehmon boʼlishib, yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.
Mazkur loyihaning umumiy qiymati 9,3 mlrd soʼm boʼlib, zamonaviy sharoitlarga ega 100 ta xonadonni oʼz ichiga olgan turar-joylar “Surxon Sanoat qurilish” va “MONOLITH DOM SERVICE” MChJlari tomonidan qurib bitkazilgan.