Infografika | Surxondaryo viloyatida aholiga ko‘rsatilayotgan tez tibbiy yordam xizmati
Respublika tez tibbiy yordam markazi Surxondaryo filialida:
- 15 ta tez tibbiy yordam stansiyasi;
- 1 ta tez tibbiy yordam podstansiyasi va 135 ta shaxobcha;
- 215 ta tez tibbiy yordam avtotransport vositalari va 10 dona skuter;
- 1 435 nafar vrach, 2 418 nafar hamshira;
- 30 nafar tez tibbiy yordam navbatchilik dispetcherlari aholi uchun tez tibbiy yordam xizmatini ko‘rsatib kelmoqda.
Viloyat bo‘yicha kunlik o‘rtacha chaqiruvlar soni 3,5 mingtani tashkil etadi. Brigadalar uchun 450 ta maxsus dori vositalari sumkasi mavjud bo‘lib, bir chaqiriqning dori ta’minoti xarajatlari o‘rtacha 6 704,3 so‘mni tashkil etadi.
Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati