Yangi unvon muborak boʼlsin!
Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tegishli buyrugʼi bilan Surxondaryo viloyati hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari Faxriddin Valievich Menglievga polkovnik unvoni berildi.
Faxriddin Mengliev 2006-2021 yillar davomida Ichki ishlar organlarida turli lavozimlarda, xususan, tuman Ichki ishlar boʼlimi boshligʼi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʼining oʼrinbosari lavozimlarida ishlagan. 2020 yildan viloyat hokimligida faoliyat yuritib kelmoqda.
Viloyat hokimligi jamoasi Faxriddin Menglievni ushbu unvon bilan tabriklaydi va kelgusidagi faoliyatlariga muvaffaqiyatlar tilaydi.