Seminar: Yangi Konstitutsiyaning ijrosini soʼzsiz taʼminlashda davlat xizmatchilarining vazifalari
Bugun Surxondaryo viloyati hokimligida tashkilot, idora va boshqarmalar mutasaddilari, hududiy studiyalardan boshqaruv organlarining hududiy boʼlinmalari masʼullari ishtirokida Yangi tahrirdagi Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan oʼquv seminari oʼtkazildi.
Unda spikerlar tomonidan Konstitutsiya ijrosini soʼzsiz taʼminlash yuzasidan vazirlik va idoralarda amalga oshiriladigan birinchi navbatdagi ustuvor vazifalari, bosh qomusimizda asosiy printsiplar, inson va fuqaroning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari hamda jamiyat va shaxs masalalari, davlat hokimiyatining tashkil etilishi hamda saylov tizimidagi fundamental vazifalar yuzasidan maʼruzalar qilindi.
Davlat xizmatchilariga jamiyatda Konstitutsiyaning soʼzsiz ijrosi, unga rioya etilishini taʼminlash boʼyicha vazifa, burch va majburiyatlari haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Ishtirokchilarning savollariga spikerlar va masʼullar tomonidan javob berildi.