Viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov Shoʼrchi tumani “Аlisher Navoiy” mahallasida joylashgan 9-sonli umumtaʼlim maktabida boʼlib, taʼlim jarayonlarining borishi bilan tanishdi hamda oʼqituvchi va oʼquvchilar bilan yaratilgan sharoitlar toʼgʼrisida suhbatlashdi.
Maktab binosi 420 oʼrinli boʼlib, hozirda 890 nafar oʼquvchilar taxsil olishadi va ularga 65 nafar pedagoglar taʼlim berib kelmoqda. Maktab jamoasi “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida 1,2 mlrd soʼmga moddiy texnika bazasini mustahkamlash taklifi bilan gʼolib boʼlib, mavjud xonalar zamonaviy elektron doska va boshqa jihozlar bilan taʼminlangan.
Viloyat rahbari maktab faoliyati namunali yoʼlga qoʼyilganligini eʼtirof etib, ahillik bilan “bir yoqadan bosh chiqarib” faoliyat yuritayotgan maktab jamoasiga minnatdorchilik bildirdi. Oʼquvchilar uchun kitoblar jamlanmalarini topshirdi.