Viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov Jarqoʼrgʼon tumaniga tashrifining keyingi manzilida
Korxonaning ishlab chiqarish koʼrsatkichlari taqdimoti bilan tanishilib, investitsiya majburiyatlarining bajarilishini taʼminlash maqsadida sohanining malakali mutaxassislarini jalb qilib, mavjud imkoniyatlarni ishga solgan holda neft mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish boʼyicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish topshirigʼi berildi.
Yillik 250 ming tonna neft mahsulotlarini qayta ishlash quvvatiga ega korxonada 1 537 ta ish oʼrni yaratilgan.