Аngorlik faol terimchilarga sovgʼalar topshirildi
Viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov “Аngor zamini klaster” MChJning Аngor tumani “Navshahar” mahallasi hududidagi “Chori Rahmonov” oilaviy pudratining paxta dalasida yigʼim-terim jarayonlari bilan tanishdi va terimchilar bilan suhbatlashdi.
Viloyat rahbari terimchilar uchun yaratilgan sharoitlarni koʼzdan kechirib, terim jarayonlarida jonbozlik koʼrsatayotgan ilgʼor terimchilarga sovgʼalar - maishiy texnikalar topshirdi.
Shuningdek, viloyat rahbari Muzrabot tumanida ham boʼlib, terim jarayonlarini koʼzdan kechirdi.