Sherobodda ilgʼor terimchilar taqdirlandi
Bugun viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov Sherobod tumaniga tashrifi davomida, “Ulash Turopov” hududidagi “Аbu Zokir” fermer xoʼjaligining paxta dalasida yigʼim-terim ishlari bilan tanishdi.
Viloyat rahbari terimchilar bilan suhbatlashib, yigʼim-terim ishlarida faol ishtirok etayotgan ilgʼor terimchilarga sovgʼalar topshirdi.
“Аbu Zokir” fermer xoʼjaligi tomonidan 200 gektar maydonda gʼoʼzaning “Buxoro-102” navi yetishtirilgan boʼlib, hozirga qadar oʼrtacha 45 sentner hosil olindi va terim ishlari davom etmoqda.