Viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov Termiz shahri “Nurli kelajak” mahallasida yashovchi tadbirkor Gʼayrat Italmazovning oʼz xonadonida 3,5 sotixlik maydonda tashkil etgan gulchilik faoliyati bilan tanishdi.
Tadbirkor tomonidan tashkil etilgan gul, buta va daraxt koʼchatlari yetishtirish loyihasida 4 kishining bandligi taʼminlangan. Tadbirkor tomonidan yiliga 50 mln soʼmlik koʼchatlar yetishtirilib, xaridorlarga yetkazilmoqda.
Viloyat rahbari gul koʼchatlari yetishtirish jarayonlarini koʼzdan kechirib, tadbirkor bilan suhbatlashdi va gul koʼchatlarini sotish uchun doʼkon qurish masalasidagi muammosini hal qilish boʼyicha masʼullarga topshiriq berdi.