Termiz shahri “Jayxun” mahallasi hududida 5 mln dollar toʼgʼridan toʼgʼri xorijiy investitsiya mablagʼlari hisobidan 9 qavatli turar joy hamda savdo va xizmat koʼrsatish obʼektlari majmuasi bunyod etilmoqda.
Bugun viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov “Afghan German Company” MChJ qoʼshma korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan mazkur loyiha bilan tanishib, qurilish-taʼmirlash ishlarini koʼzdan kechirdi. Loyiha yuzasidan masʼullarning axborotini tingladi.
Viloyat rahbari turar joy loyihasini sifatli amalga oshirish, zarur infratuzilmalar bilan taʼminlash boʼyicha oʼzining tavsiya va koʼrsatmalarini berdi.