Nogironligi bo‘lgan yoshlar davlat e’tiborida

Bugungi kunda Surxondaryo viloyatida 14-30 yoshdagi nogironligi bo‘lgan yoshlar soni 10 575 nafarni tashkil etadi. Shundan, 1 185 nafari 1-guruh, 6 ming 747 nafari 2-guruh, 251 nafari 3-guruh nogironlik guruhlariga mansub.

Joriy yilda ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan yoshlarning 556 nafariga “Yoshlar daftari” jamg‘armasidan 1 mlrd 453 ming so‘mlik moddiy yordamlar ko‘rsatilib, mablag‘lar ularning davolanishi, ta’lim olishi va ijtimoiy holatini yaxshilashi uchun yo‘naltirildi.

Shuningdek, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi qoshida "Inklyuziv ta’lim markazi" faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, unda imkoniyati cheklangan, tayanch harakati hamda talaffuzida nuqsoni bo‘lgan, ehtiyojmand oilalarning 20 nafardan ortiq farzandlari tikuvchilik, musiqa va matematika to‘garaklariga jalb qilingan.

Mazkur “Inklyuziv ta’lim markazi” ishtirokchilarining sport hamda madaniyat va san’atdagi iste’dodlarini namoyish etish maqsadida turli musobaqalar va ko‘rik tanlovlar o‘tkazib kelinmoqda. Xususan, “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 1-mavsumi doirasida nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun “Besh tashabbus paraolimpiadasi” musobaqalari tashkil etildi. Unda 70 nafar imkoniyati cheklangan yoshlar san’atning qo‘shiqchilik, sportning shaxmat-shashka va stol tennisi, she’rxonlik kabi 5 ta yo‘nalishda o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rishdi.

Ushbu tofidagi yoshlarning ko‘nglini ko‘tarish maqsadida turli madaniy ko‘ngilochar tadbirlar, sayohatlar tashkil etilmoqda.

Surxondaryo viloyatida nogironligi bo‘lgan yoshlarga nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy yordamlar ko‘rsatish, balki, ularning ta’lim olishlari, shaxsiy rivojlanishlari uchun ham zarur sharoitlar yaratitilib, manzilli va tizimli ishlash yo‘lga qo‘yilgan.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati