Qumqoʼrgʼon tumanida sanoat korxonalari faoliyati va yangi loyihalar taqdimoti bilan tanishildi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʼbek Qosimov Qumqoʼrgʼon tumanida boʼlib, qator ishlab chiqarish va sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, hududda amalga oshirilayotgan yangi loyihalar, boʼsh turgan obʼektlardan samarali foydalanish boʼyicha loyihalar taqdimotlari oʼtkazildi.

➖ Dastlab, "Surxon parmalash ishlari" АJning janubiy kaldara strukturasida neftь va gaz quduqlarini qazish ishlari faoliyati bilan tanishildi. Shuningdek, shu yerning oʼzida tumanda barpo etilayotgan koʼp qavatli uy-joylar hamda auktsion savdolariga chiqarilgan boʼsh turgan obʼektlar taqdimot qilindi;

➖ "Qumqo‘rg‘on tuman ta'mirlash mexanika zavodi" MChJning temir beton mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi faoliyati koʼzdan kechirildi va MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan toʼqimachilik kompleksi, 1 MVt quyosh paneli oʼrnatish va betonli sendvich paneldan koʼp qavatli uy-joy qurish loyihalari taqdimot qilindi;

➖ “Mexanika” xususiy korxonasining temir mahsulotlarini eritish va qayta ishlash jarayonlari bilan tanishildi;

➖ “Ravshan Inroz” xususiy korxonasi tomonidan MDF eshik va mebelь mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonlari, tayyor mahsulotlar va ularning sifati bilan ham tanishildi.

Viloyat rahbari har bir manzilda mutasaddilarga sanoat korxonalari faoliyatini rivojlantirish, ularni energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash hamda taqdimot qilingan loyihalarni sifatli amalga oshirish boʼyicha vazifalarni belgilab berdi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati