Bugun Surxondaryo viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasida
Bugun Surxondaryo viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasida 1 oktyabr – Oʼqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tadbir oʼtkazilib, Termiz shahri va tumanlar Maktabgacha va maktab taʼlimi boʼlimlariga moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida 353 mln soʼmlik jihozlar va maishiy texnikalar jamlanmalari topshirildi.
Jumladan, boʼlimlarga berilayotgan asbob-uskuna va jihozlar tarkibida zamonaviy kompьyuter jamlanmalari, rangli va lazerli printerlar, konditsioner, televizor va planshetlar kabilar oʼrin olgan.
Tadbirda viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov ishtirok etib, taʼlim sohasi xodimlarini bayram bilan muborakbod etib, jihozlarni tantanali topshirdi.