Termiz shahri va Termiz tumanida maktablarning isitish tizimi oʼrganildi. Gʼalla boʼyicha seminar oʼtkazildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʼbek Qosimov Termiz shahridagi 16-sonli umumtaʼlim maktabida boʼlib, yaratilgan sharoitlarni koʼzdan kechirdi va DXSh asosida joriy etilgan markazlashgan isitish hamda koʼmirdan kogeneratsiya usulida elektr energiyasi bilan taʼminlash tizimlari bilan tanishdi.

Keyingi manzilda, Termiz tumanidagi 1-sonli maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʼrish, markazlashgan isitish tizimini joriy etish ishlari bilan tanishildi. Shu yerning oʼzida tumandagi barcha ijtimoiy soha obʼektlarida DXSh asosida mazkur tizimni joriy etish boʼyicha amalga oshirilayotgan ishlar taqdimot qilindi. Masʼullarning axboroti tinglandi.

Shuningdek, Termiz tumani “Namuna” hududidagi “Nurmuhammad Namuna” fermer xoʼjaligining 14 gektarlik maydonida 2024 yil hosili uchun gʼalla ekish ishlari boʼyicha seminar oʼtkazildi. Tumanda 4,9 ming gektar maydonda gʼalla ekish rejalashtirilgan boʼlib, shundan bugungi kunga qadar 783 gektarida urugʼ ekilgan.

Viloyat rahbari masʼullarga yoʼlga qoʼyilgan kamchiliklarni bartaraf etish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʼrish, gʼalla ekish ishlarini jadallashtirish boʼyicha vazifalarni belgilab berdi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati